
Vazir Aleksandr Kulik o‘zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to‘xtalib, o‘zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasi kengaytirish, ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish hamda hamkorlikni yangi yo‘nalishlarida qo‘shma chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar 2-3 xonali to‘liq sharoitlari mavjud yig‘ma yog‘och uylarni O‘zbekiston hududlarida joylashtirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. Bu borada, belarus tomoni o‘zbek hamkorlarning tegishli takliflarini, shu jumladan birga ishlab chiqarish tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligi ma’lum qildi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish va urug‘chilikda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirishni yo‘nalishida birgalikda ishlashga ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon mas’ullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Foto: Dunyo
O‘zbekistonBelarusHamkorlikO‘rmon Xo‘jaliklariSavdo-SotiqTurizm Rivojlantirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar