
Andijon viloyatida Lacetti yuqori tezlikda devorni buzib o‘tgani aytilgan videolar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, holat 3 may kuni soat 12:10 larda, Buloqboshi tumani “Rivoj” MFY Yangiariq ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. o‘zining Lacetti avtomashinasida Buloqboshi tuman markaziga qarab harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi devorga borib urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida avtomashina oldi o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon ViloyatiLacetti AvtomashinaYo‘l TransportBuloqboshi TumaniYTH OqibatidaSurishtiruv Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar