
Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketgani to‘g‘risida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra 21 yoshli ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bola tumandagi go‘daklar uchun mo‘ljallangan bolalar uyiga joylashtirilib, unga zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
«Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda. Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.
Bolalar OmbudsmaniSamarqand ViloyatiOqdaryo TumaniIjtimoiy TarmoqlarTergov HarakatlariG‘ayriqonuniy Harakatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar