
9 may – Xotira va qadrlash kunida ulug‘ insonlarni, ularning jasorati va fidoyiligini yodga olish bilan birga, tirik afsonalar – faxriylarimiz holidan xabar olish, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish eng ezgu an’analarimizdan biri. Uzoq yillar prokuratura tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan Xamidullo Nasriddinov ham ana shunday faxriylardan. Bugungi kunda u bog‘dorchilik bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, uning shogirdlari ustozning bebaho saboqlarini hanuz yodda saqlashadi.
Aynan Xotira va qadrlash kuni arafasida Majburiy ijro byurosi xodimlari faxriy prokuror holidan xabar olishdi. Bu shunchaki tashrif emas, balki ustoz-shogird an’analariga sadoqat, o‘tganlar xotirasiga hurmat, halollik va adolat yo‘lida bergan o‘gitlari uchun minnatdorchilikning yorqin namunasi bo‘ldi.
Hozirda MIB tizimida ishlayotgan sobiq shogirdlar ustozlari bilan diydorlashib, samimiy so‘zlarni izhor etishdi. Xamidullo akaning dono maslahatlari, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi tajribalari ular uchun haqiqiy hayot darsi, kelajakdagi faoliyatida mustahkam poydevor bo‘lganini ta’kidlashdi.
Xamidullo aka esa shogirdlarining yutuqlaridan faxrlanib, ularga kelajakda ham halol va vijdonan xizmat qilishni, vatan va xalq manfaatlari yo‘lida sidqidildan mehnat qilishni, tinch va osoyishta kunlarga shukronalik bilan yashashni tilab qoldi.
Ushbu uchrashuv Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyatini chuqur ochib berdi. U insoniy qadriyatlar, ustozga hurmat va e’tibor, kasbga sadoqat, o‘tmishga ehtirom kabi tushunchalarning naqadar muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Xamidullo akaning prezidentga, MIB direktori va boshqarma boshlig‘iga bildirgan minnatdorchiligi mamlakatimizda faxriylarga, ularning beqiyos xizmatlariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin dalilidir.
Xotira KuniQadrlash KuniUstozga EhtiromHalollik Va AdolatFaxriy ProkurorMajburiy Ijro Byurosi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar