
O‘zbekistonning Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand va Isroilning Tel-Aviv shahri o‘rtasida birinchi marta to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Shu tariqa, Air Samarkand Isroil yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirayotgan O‘zbekistonning to‘rtinchi aviakompaniyasi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda avvalroq Uzbekistan Airways, Qanot Sharq hamda Centrum Air kabi aviakompaniyalar o‘z parvozlarini amalga oshirayotgan edi.
Tel-Avivdagi mashhur "Ben-Gurion" aeroportida ushbu yo‘nalishning birinchi parvozida tashrif buyurgan yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Air Samarkand aviakompaniyasining Isroildagi rasmiy vakili va Asia Travel turistik kompaniyasining asoschisi Nissan Mushayev ham ishtirok etib, samimiy so‘z bilan chiqish qildi.
Air Samarkand aviakompaniyasi mazkur yo‘nalish bo‘yicha dastlab haftada bir marta – har yakshanba kuni muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda. 2024 yilning 10 iyul sanasidan boshlab esa, yo‘lovchilar talabidan kelib chiqib, har payshanba kuni ham qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasidagi ushbu yangi aviaqatnov ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va turistik aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Air SamarkandSamarqand Tel-AvivAviaqatnovlarIqtisodiy AloqalarMadaniy AloqalarTuristik Aloqalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar