date
views 160

Qarzdorning avtoulovi 452,2 mln. so‘mga baholandi

Qarzdorning avtoulovi 452,2 mln. so‘mga baholandi
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga FIB Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro hisobidan undiruvchi “Ipak Yo‘li” AIT banki foydasiga jami 548 492 148 so‘m miqdorida kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garovdagi “EXEED TXL” rusumli transport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 15.04.2025 yilda kelib tushgan. Mazkur ijro ishi yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi xatlanib, taraflar o‘rtasida 452.200.000 so‘mga baholanib, vaqtincha saqlashlik uchun undiruvchiga topshirilgan.

Hozirda xatlangan transport vositasini auksion savdolari orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning avtoulovi 452,2 mln. so‘mga baholandi