date
views 52

Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi

Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi
Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama qurilmalari aniqlanib, shahar hokimligi tomonidan demontaj qilindi.

Jumladan, Shayxontohur tumanining markaziy ko‘chalarida, shuningdek, Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida pasport va tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan katta o‘lchamli reklama bannerlari maxsus ishchi guruhlar tomonidan olib tashlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shahar ma’muriyati tadbirkorlar va reklama xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga murojaat qilib, reklama qurilmalari joylashtirish uchun zarur bo‘lgan tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lishni eslatdi. Shu bilan birga, reklama konstruksiyalarini o‘rnatishda piyodalar va avtomobillar harakatini cheklab qo‘ymaslikka, shahar estetikasi va yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikka alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Hokimlik vakillari shahardagi reklama obyektlarining tartibli va qonuniy faoliyatini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari o‘tkazib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilib boradi.

Bundan tashqari, tadbirkorlardan reklama bannerlari va konstruksiyalarini joylashtirish bo‘yicha mavjud talablarga qat’iy rioya etishlari so‘raldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi