date
views 671

Marat Hamdamov Sabrina Jabborovaga uy berilmagani masalasini izohladi: “Qalbim sovidi, endi boshqa muhtojga beraman”

Marat Hamdamov Sabrina Jabborovaga uy berilmagani masalasini izohladi: “Qalbim sovidi, endi boshqa muhtojga beraman”
Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan holat — aktrisa Sabrina Jabborovaga tadbirkor Marat Hamdamov tomonidan va’da qilingan uy berilmagani yuzasidan tadbirkor shaxsan munosabat bildirdi.

Video orqali chiqish qilgan Marat Hamdamov ushbu ishning asli qanday kechganini bayon etib, masaladagi bir qator noaniqliklarga aniqlik kiritdi.

“Yordam niyatida bog‘langan edim, piar qilish niyatim yo‘q edi”

Hamdamov o‘z so‘zlariga ko‘ra, Sabrina Jabborova haqidagi videolar tarqalganidan keyin uning Turkiyada ekanini bilib, Telegram orqali bog‘langan va qaytib kelganda xabar berishini so‘ragan.

“Ular O‘zbekistonga qaytgach, pasport nusxalarini yuborishdi. Ammo o‘sha kunlari kompaniyamizda aksiya bo‘lib, men ancha band edim. Sabrina yozgan xabarni kech o‘qidim. Keyin raqam so‘radim, menga advokati bilan bog‘lanishni aytdi. Bu meni hayratga soldi — nega advokat kerak?” — deydi tadbirkor.

Uning ta’kidlashicha, ehson qilishni ommaga oshkor qilmasdan, tinchgina amalga oshirish niyatida bo‘lgan. Biroq keyingi munosabatlar, jumladan, internetdagi bayonotlar unda noxush taassurot qoldirgan.

“Meni reklama qilmoqchi bo‘lgan, deyishdi — xafa bo‘ldim”

Tadbirkorning ta’kidlashicha, u uy berishga majbur emas edi, bu shunchaki yordam niyatida qilingan ish bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sabrinaning advokati tomonidan aytilgan “piar” iddaosi, internetdagi fikrlar va minnatsiz munosabat unda ehson niyatini sovitgan.

“Alloh qalbingizni ochsa, hatto oxirgi narsangizni ham berib yuborish mumkin. Lekin Alloh nasib qilmasa, bir so‘m ham berilmaydi. Endi shu uyni boshqa bir muhtoj, uysiz, voyaga yetmagan bolalari bor onaga taqdim qilaman,” — deydi tadbirkor.

Sabrina Jabborova — mudhish hodisa qurboni

Eslatib o‘tamiz, Sabrina Jabborova aktrisa Ozoda Nursaidova qo‘shig‘i uchun klip suratga olish jarayonida “Gelik” avtomobili tomonidan bosib ketilgan edi. U keyinchalik muvaffaqiyatsiz operatsiya tufayli bir oyog‘idan jarohat olgan, keyinchalik ko‘ngillilar yordamida jami 367 million so‘m yig‘ilib, Turkiyada muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va to‘g‘ri yura boshlagan.

Advokat fikri va vaziyatga munosabat

Sabrinaning advokati Zebohon Komilova esa o‘z bayonotida tadbirkorni “piar orqali tanilish”da ayblagan, telefoni qora ro‘yxatga tushirilganini aytgan.

Zamin.uz tahririyati ushbu holat yuzasidan barcha tomonlarning munosabatlarini yoritishda davom etadi. Ehson — qalb ishidir, biroq unga munosabat ham, go‘yoki, ehtirom bilan bo‘lishi kerakmi? Siz bu voqea haqida nima deb o‘ylaysiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marat Hamdamov Sabrina Jabborovaga uy berilmagani masalasini izohladi: “Qalbim sovidi, endi boshqa muhtojga beraman”