
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yosh bola quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat bugun, 16 may kuni soat 11:00 da Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Ibn Sino mahallasida sodir bo‘lgan. Hududdagi uylarning birida 7 yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa tushib ketgan. Quduqning chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan.
Uy egalari bolani olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga murojaat qilgan. Manzilga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnikalar va anjomlar yordamida bolani quduqdan chiqarib olishgan.
Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshiligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgani bildirildi.
AndijonQo‘rg‘ontepaYoshli BolaChuqurlik 40 MetrFVBQutqaruvchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar