22:40 / 24.11.2016
7 422

Madonnaning o‘g‘li narkotik modda saqlagani uchun hibsga olindi

Madonnaning o‘g‘li narkotik modda saqlagani uchun hibsga olindi

London shahri polisiyasi amerikalik qo‘shiqchi Madonna va britaniyalik kinorejissyor va ssenarist Gay Richining o‘g‘li Rokko Jon Richini hibsga oldi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Uning yonidan marixuana topilgan.

16 yoshli Rokko bilan bog‘liq bu hodisa 28 sentyabrda yuz bergan edi. Biroq bu haqda endi ma’lumot berilmoqda. Taniqli xonandaning o‘g‘li ayni damda polisiya uchastkasidan ozod qilingan. Rokko Kamden tumani yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha bo‘lim nazoratida bo‘ladi.

Rokko Londondagi uyi yaqinidagi Primrouz Xill tumanida hibsga olingan. Uning narkotik moddalar qabul qilayotganini ko‘rgan qo‘shnilar polisiya chaqirgan.

Chaqiruv bo‘yicha etib kelgan polisiyachilar Rokkoning kiyimidan marixuana qoldiqlarini topishdi. Uning cho‘ntaklaridan esa ma’lum miqdordagi narkotik moddalar topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madonnaning o‘g‘li narkotik modda saqlagani uchun hibsga olindi