
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda, Qarshi shahrida faoliyat olib boruvchi advokatlik byurosi advokati jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan 2 nafar fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Navbatdagi holatda Qarshi shahridagi advokatlik byurosi advokati fuqarolik ishlar bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ish yurituvida bo‘lgan ishni huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro foydasiga hal qilib berish yuzasidan u bilan shartnoma tuzib, xizmat haqi evaziga 2 mln so‘m va davlat boji uchun 1,5 mln so‘m oladi.
Advokat mazkur fuqarolik ishini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali hal qilishini aytib, qo‘shimcha 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro bilan shartnoma tuzmagan holda, Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan bezorilik huquqbuzarligiga oid ishning unga tegishli qismini tergovchi orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, muqaddam 2 mln so‘m oladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat ushbu ishni go‘yoki ijobiy hal qilganligini aytib, qo‘shimcha 2 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat XavfsizlikTezkor TadbirQarshi ShahriAdvokatlik ByurosiJinoyat IshlariFuqarolik IshlarHuquqiy YordamMansabdor TanishlarJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar