13:12 / 25.11.2016
7 234

Butun dunyo bo‘ylab bank kartalaridan 5 milliard dollar o‘marildi

Butun dunyo bo‘ylab bank kartalaridan 5 milliard dollar o‘marildi

2016 yilda butun dunyo bo‘ylab to‘lov kartalaridan aldov yo‘li bilan 5,5 milliard dollar echib olingan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Qancha ko‘p kishi to‘lov kartalaridan foydalansa, firibgarlar tomonidan o‘marilgan mablag‘ miqdori ham shunchalik oshib bormoqda. Butun dunyodagi xaridorlarning 30 foizi karta firibgarlari bilan to‘qnash kelgan, Business Insider tadqiqoti asosida.

Bunday yo‘l bilan firibgarlik qilish holati eng ko‘p AQShda qayd etiladi. 2016 yilda amerikalikning 47 foizda bank kartalaridan mablag‘lar o‘g‘irlangan. Dunyo bo‘yicha esa karta egalari joriy yilda o‘rtacha 399 dollardan ayrilishgan.

Mutaxassislar firibgarlik holatining ko‘payishiga bir necha sababni ko‘rsatishdi. Ulardan biri – onlayn-shoppingning ommalashishi.

Bunda beriladigan bir qator tavsiyalarga e’tiboringizni qaratamiz:

Xarid amalga oshirilayotgan do‘konni yaxshilab tekshirish (U taniqli va xaridorlar ishonchini qozongan bo‘lishi lozim).

Kelishuv shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqish (Odatda kishilar to‘g‘ri belgisini qo‘yib qo‘ya qolishadi. Aynan shartlar do‘konning ishonchliligi va obro‘-e’tiboridan darak beradi)

Tarmoq ulanishi xavfsizligini nazorat qilish (Shaxsiy va to‘lov kartasi ma’lumotlarini ulanish himoyalanmagan bo‘lsa kiritmaslik lozim).

Internet-xaridlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri to‘lov kartasini tanlash (Bir necha kartalari bo‘lgan foydalanuvchilar onlayn-xaridlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan kartani ishlatgani ma’qul).

Eslatib o‘tamiz, bugun butun dunyoda “qora juma” boshlandi. O‘z mablag‘ingizni iqtisod qilish va firibgarlar to‘riga ilinmaslik uchun berilgan maslahatlarni yodda tuting.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Butun dunyo bo‘ylab bank kartalaridan 5 milliard dollar o‘marildi