date
views 328

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 may kuni soat 20:49 larda Namangan shahar Yangi asr MFY hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 87-kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomobilni haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan. Natijada, avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.

Qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borgan, yong‘in qutqaruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida avtomashina to‘liq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Foto: Namangan viloyati FVB
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi