
Buxoro viloyati Romiton tumanida qarz puli tufayli tanishini shafqatsizlik bilan o‘ldirgan erkak 16 yil ozodlikdan mahrum etildi, deb UPL.uz “Millar” dasturiga tayangan holda xabar berdi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi 2018-yilda uzumzordan tushgan hosilni 10 ming dollarga sotgan, lekin oradan 8 yil o‘tsa ham, pulini ololmagan.
Navbatdagi qarzni undirishga urinish va rad javobi uning g‘azabini qo‘zg‘atib, tanishini bolta bilan o‘ldirishga olib kelgan.
Qotillikdan so‘ng u marhumning poyabzalini tashlab yuborgan va jasadni ko‘mib, izlarni yashirishga uringan. Biroq oradan 22 kun o‘tib, jasad topilgan.
Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” va “i” bandlari asosida ayblov e’lon qildi.
Bu bandlar shafqatsizlik bilan yoki boshqa jinoyatni yashirish maqsadida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish holatlarini o‘z ichiga oladi. Sud aybdorga 16 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar