date
views 457

“Amirsoy”da restoran yonib ketdi (video)

“Amirsoy”da restoran yonib ketdi (video)
2025 yil 10 iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Chimyon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yog‘ochli materiallardan barpo etilgan restoranlardan birida yong‘in kelib chiqqan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar tushgan zahoti 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yo‘l olgan va soat 02:01 da yetib borgan. Ular yong‘inni 12 daqiqa ichida — soat 02:13 da o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. To‘liq o‘chirish ishlari soat 04:20 da yakunlangan.

Yong‘in natijasida taxminan 300 kvadrat metr maydondagi restoranning tom qismi, shifti, ichki qurilmalari va jihozlari zarar ko‘rgan.

Hozircha hech kim jabrlanmagani ma’lum qilindi. Hodisa sabablari va yetkazilgan moddiy zarar hajmi aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Amirsoy”da restoran yonib ketdi (video)