date
views 360

Otaning farzandiga bo‘lgan sog‘inchi sababli, oila yarashtirildi

Otaning farzandiga bo‘lgan sog‘inchi sababli, oila yarashtirildi
Yaxshi niyatlarda oila qurgan Shaxnozaxon va Abdumajid dastlab tinch-totuv yashashdi. Kuyovning oilasi arzimas sabablar bilan janjal chiqarishni odat qiladi. Bu orada farzandli bo‘ldi, lekin tortishuvlar tobora avj oldi va kelin o‘z uyiga ketishga majbur bo‘ldi.

Qariyb 2 yillik tortishuv va sud jarayonlaridan keyin MIB xodimlari bolani onasiga olib berishga majbur bo‘ldi.

Ikki yildan oshiq otasining uyida qolgan bola ketishni istamay ko‘zidan oqqan yosh hech kimni befarq qoldirmadi. MIB xodimlari mahalla nuroniylari bilan birgalikda oilani yarashtirishni maqsad qilishdi.

Bir necha kunlik yarashtiruv va tushuntirishlardan so‘ngra oila tiklandi.

Bolalar bayrami kuni bolajon uchun qo‘sh bayram bo‘ldi. Zero, sog‘lom muhit barqaror bo‘lgan oilalarda sog‘lom va yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatadigan farzandlar kamol topadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otaning farzandiga bo‘lgan sog‘inchi sababli, oila yarashtirildi