Checheniston rahbari Ramzan Qodirov KVNning 55 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley o‘yinda o‘zining rossiyalik aktyor va shoumen Mixail Galustyan tomonidan taqlid qilinishiga izoh berdi. Qodirovning aytishicha, u bu sahna ko‘rinishini Galustyan bilan birga sahnalashtirgan.
Qodirovning ta’kidlashicha, u ham ko‘plab yuqori martabali shaxslar qatorida Aleksandr Maslyakovning yubileyiga taklif qilingandi, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra unda ishtirok eta olmagan. Shunda Qodirov vaziyatdan chiqishning yo‘lini topdi.
"Biz Mixail Galustyan bilan repetisiyalar o‘tkazdik, bir ko‘rinishimni tanladik, 2-3 ta imo-ishoralarimni takrorladik. Talaffuz bilan hammasi okey bo‘ldi! U bu borada usta! Men unga tomoshabinlar u kimni taqlid qilayotganini bilishga urinib, ularni qiynab qo‘ymasligini aytdim. (Hazil!) Zo‘r chiqdi! Maslyakov shimiga qo‘lini artayotgan Galustyanni ko‘rmaguncha, sahnada Ramzanni qidirdi. Siz buni qanday qabul qildingiz bilmadimu, lekin men mazza qilib kuldim. Kim buni o‘ylab topgan bo‘lsayam, Galustyan lo‘nda, sermazmun bo‘ldi va taqlidni bopladi!", deb yozdi Qodirov instagramdagi sahifasida.
"Va yana. Kulgili narsa haqida jiddiychasiga! Yoki aksincha! AQShdagi saylovlar haqida ko‘plab maqolalar yozildi. Hamma o‘z fikrini aytishga urindi. So‘zlar ko‘p bo‘ldi, biroq fikrlar bo‘lmadi! Mixail Galustyan bu saylovlarga 2-3 ta gap bilan aniq bahoni berdi. AQShdagi saylovlardan kulgiliroq narsa bo‘lishi ham mumkinmas, dedi u! Pokemonlar haqida ham to‘g‘ri aytdi! Bu qanday hasharotlar ekanligini bilmaymanu, Chechenistonda ular aniq yo‘q! Barcha KVNchilarga esa pul va mashinalar tilab qolaman! Yo‘qsa ular bilan hazillar yomon tugaydi", deb qo‘shimcha qildi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, 27 noyabrda KVNning yubiley soni bo‘lib o‘tdi. Uning davomida Galustyan Ramzan Qodirovga taqlidiy sahna ko‘rinishini ijro etdi. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi foydalanuvchilar Galustyanning bu hajviy taqlididan keyin "uning salomatligi borasida xavotir bildirishgan". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi