date

Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin!

Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin!
Oila - jamiyat poydevori, ammo arzimas nizolar tufayli bu muqaddas qo‘rg‘on darz ketishi mumkin. Janjallar va sudga murojaatlar oradagi munosabatlarni sovutadi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklari bilan ishlaydi, balki oilalarni saqlab qolishga harakat qilishadi.

Uch farzandi uchun 9 mln. so‘m aliment qarzi bo‘lgan otaga nisbatan chora ko‘rilayotganida, byuroning Baxmal tumani xodimlari va mahalla faollari tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berishdi. Natijada, er-xotin yarashtirildi!

Bu bolalarning ota-onasining mehri bilan to‘yib o‘sishi uchun zamin yaratdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin!