date

O‘nlab o‘qituvchilar attestatsiyadan chetlatildi

O‘nlab o‘qituvchilar attestatsiyadan chetlatildi
2025 yil boshidan O‘zbekistonda o‘nlab o‘qituvchilar attestatsiyadan chetlatildi, deb nova24.uz xabar berdi. Bu haqda Maktabgacha va umumiy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.

2024 yil yanvardan buyon maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlar attestatsiyasi onlayn tarzda, FaceID yordamida real vaqt rejimida o‘tkazilmoqda.

Yil boshidan 79 nafar nomzod sinovdan chetlashtirildi. Ulardan 68 nafari texnika vositalaridan foydalangani aniqlangan. Shuningdek, ayrim shaxslar o‘qituvchilarga pul evaziga testdan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan holatlar ham qayd etilgan.

Vazirlik bu kabi holatlarning oldini olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan Bosh prokuratura bilan hamkorlik qilmoqda. O‘qituvchilarga o‘z bilimlariga suyanish va har qanday firibgarlik holatlarini vazirlikning ishonch telefoni — +998-71-202-09-09 orqali xabar berish tavsiya etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘nlab o‘qituvchilar attestatsiyadan chetlatildi