
Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi ish yurituviga qarzdor A.B.dan davlat foydasiga 34 mln. 539,8 ming so‘m boj undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, da’vogar A.B.ning sobiq turmush o‘rtog‘i javobgar J.A.ga nisbatan uy-joyni umumiy mulk deb topish va ulushlarni belgilash haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi bo‘yicha davlat boji undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida qarzdor A.B. tomonidan 34,5 mln. so‘m miqdoridagi davlat boji to‘liq undirilib davlat foydasiga yo‘naltirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar