
Respublikamizning Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida Yangi Milliy telekanali raqamli televedinie orqali efirga uzatila boshladi.
Milliy TV'ni ulash uchun televizor yoki resiverning (tyunerning) avtoqidiruv tizimidan foydalanib kanallar qatoriga qo‘shish talab qilinadi.
Yaqin kunlarda Milliy TV'ni Xorazm, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yashovchi teletomoshabinlar ham ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Shunday ekan, dekabr oyining oxirigacha Milliy TV dasturlarini butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar