Filippin prezidentining giyohvand moddalarga qarshi kurash usuli dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti esa Dutertening ushbu kampaniyasiga “oq yo‘l” tilagani xabar qilinmoqda.
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Filippin orollarining prezidenti Rodrigo Duterte bilan telefon orqali bog‘langan va suhbat davomida mamlakatda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi kurash usullarini ma’qullagan, deb xabar qilmoqda Protoday.
Eslatib o‘tamiz, Filippin orollari rahbari Duterte joriy yilning 30 iyun kuni rasman prezident etib tayinlangach, mamlakatda og‘ufurushlarni yo‘q qilishga qaratilgan maxsus operasiya o‘tkazishga buyruq bergan.
U bu orqali orollarda giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga to‘liq chek qo‘yishga ahd qilgan. Aytish joizki, Filippin prezidentining giyohvand moddalar savdosiga qarshi bu kabi keskin kurash usuli dunyo hamjamiyati, shu jumladan AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan keskin qoralangan edi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp esa Dutertening ushbu kampaniyasiga “oq yo‘l” tiladi, deb yozgan nashr. Filippin hukumati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni Filippin rahbari va AQShning yangi saylangan prezidenti telefon orqali “o‘ta qiziq va jonli” suhbat qurishgan. Etti daqiqa davom etgan telefon qo‘ng‘irog‘i davomida, Tramp Duterteni 2017-yilda Oq Uyni ziyorat qilishga taklif etgan.
“Va u mening kampaniyamga omad tiladi”, — deya bayonot qilgan Duterte telefon suhbatidan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp mamlakatda og‘ufurushlikka qarshi qaratilgan kurash “o‘ta to‘g‘ri” olib borilmoqda, degan fikrni bildirgan. Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda og‘ufurushlar o‘ldirilishi holati 200% ortgan.
Polisiya tomonidan tarqatilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 3 ming kishi shu vaqt oralig‘ida sud va tergovsiz o‘ldirib yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»