
Marg‘ilon shahrida juda achinarli va o‘ylantiruvchi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 10 may kuni shahardagi ko‘p qavatli uylar orasida joylashgan yo‘lakda 2,5 yoshli Abubakr Akramjonov o‘ynab o‘tirgan paytda, 55 yoshli mahalliy ayol boshqaruvidagi Gentra avtomobili uni bosib ketgan, deb Kun.uz xabar bermoqda.
Kuzatuv kameralari yozib olgan lavhalarga ko‘ra, haydovchi juda sekin harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, bolaning ustidan befarqlik bilan yurib o‘tgan. Avtomobilning old g‘ildiragi bolaning ko‘krak qismini, orqa g‘ildiragi esa tos qismini bosib o‘tgan. Eng dahshatlisi, haydovchi bolaning baqiriqlarini eshitmagan holda hech nima bo‘lmaganday hodisa joyini tark etgan.
«Nevaramning tos suyaklari uch joydan sindi. Bir oy davomida to‘shakka mixlanib yotdi. Hozir ham o‘ziga kelmagan. Shifokorlar olti oyda tuzaladi, deyishdi, lekin to‘liq sog‘ayishiga hech kim kafolat berolmayapti», — deydi qayg‘uga botgan buvisi.
Hozirda mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tegishli organlar tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar esa bunday hodisalarning oldini olish uchun aholi yashash joylaridagi ichki yo‘llar, bolalar o‘yin maydonlari atrofiga maxsus himoya to‘siqlari va ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Bu nafaqat bolalar xavfsizligi, balki haydovchilar mas’uliyatini oshirishda ham muhim qadamdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar