
Yunusobod tumanida ikki haydovchi o‘rtasida yuzaga kelgan yo‘l talashuvi mojaroli holat bilan yakunlandi. Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, tuman Ichki ishlar organlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi, deb Kun.uz ma’lum qildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 2024 yil 14 iyun kuni soat 11:00 larda Rixsiliy ko‘chasida Lacetti haydovchisi — 1981 yilda tug‘ilgan B.X. va Cobalt haydovchisi — 1996 yilda tug‘ilgan Sh.O. o‘zaro yo‘l berish masalasida tortishib qolishgan.
Nizo chog‘ida B.X. Lacetti avtomobilini yo‘l o‘rtasida to‘xtatib, qo‘lidagi qattiq jism bilan Cobalt'ning chap tomon eshik oynasiga zarba bergan va hodisa joyini tark etgan. Xushnudlik shundaki, voqea paytida hech kim jarohat olmagan.
Yunusobod tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan B.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bunday holatlar jamiyatda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslatib, haydovchilarni sabr-toqatli va qonuniy yo‘l tutishga chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar