
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya hukumatining saytida ma’lum qilingan.
Medvedev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklab, unga "belgilagan vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilab qolgan".
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada rivojlanishidan manfaatdorlikni tasdiqlagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabriklagandi. U O‘zbekistonning yangi prezidentini Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar