
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 26 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqda notanish ayolga nomunosib, shilqim va bezovta qiluvchi xabarlar yollab, noqonuniy xatti-harakat sodir etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit Jondor tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayolning shaxsiy Telegram akkauntiga muntazam ravishda tinchligini buzadigan mazmundagi yozuvlar jo‘natib turgan. Bu holatdan xafsalasi pir bo‘lgan ayol huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.
Sud tomonidan o‘tkazilgan jarayonda yigitning qilmishi ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi. Natijada u 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Huquqshunoslar ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qiluvchi yoki ularning xotirjamligiga tahdid soluvchi harakatlar qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mutaxassislar internetdagi muloqotda madaniyat va etika qoidalariga amal qilish zarurligini yana bir bor eslatishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar erkin maydon bo‘lgani bilan, u yerdagi xatti-harakatlar ham qonunlar bilan tartibga solinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar