Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi foydasiga chiqarilgan sud qarori asosida qonuniy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Qarzdorlik miqdori 25,5 mln. so‘m. Fermer xo‘jalik raisi davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan qarzga be’etibor bo‘ldi.
Natijada "Saptiva" rusumli avtotransport vositasi xatlanib, olib ketildi. Kelgusida xatlangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda baholanib, keyinchalik qarzni so‘ndirish manbai sifatida elektron auksion savdosiga chiqarilishi mumkin.
Eslatma: Qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish har bir fuqaroning qonuniy burchidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar