U 136 millionlik alimentni to‘lashni xohlamagan edi. Farzandlari moddiy ta’minoti uchun javobgarlikdan qochib yurgan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota nihoyat topildi.
U 136 mln. so‘m miqdorida aliment qarzi yig‘ilgan holda qidiruvga berilgan edi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida ushlangan va Chust tumaniga olib kelingan.
O‘tkazilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu holat, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash qonuniy jazosiz qolmasligini yana bir bor isbotladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar