Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga yirik qarzni undirish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushdi.
Byuro xodimlari, zamonaviy ijro tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda, darhol ishga kirishdilar.
Qarzdor jamiyatning barcha mulklariga taqiq solinib, bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yildi.
Natijada, 288 million 260 ming so‘m davlat boji to‘liq undirilib, belgilangan tartibda davlat budjetiga yo‘naltirildi.
Eng muhimi, bu mablag‘lar mamlakatimizning eng muhim ijtimoiy dasturlari – "Temir", "Yoshlar " va "Ayollar " daftarlariga taqsimlanadi.
Bu esa, aholining ehtiyojmand qatlamlariga, yoshlarga va xotin-qizlarga bevosita yordam sifatida yetib borishini anglatadi.
Soxiba Jumaniyazova,
Byuroning Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochisi