
Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ichida Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan beshta avtobus noqulay ob-havo tufayli to‘xtab qoldi, deb xabar berdi "Kun.uz" nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay sharoit, Burabay tumanidagi yo‘lning yopilishi va yo‘lni ko‘rish darajasining pasayishi tufayli 2016 yilning 10-12 dekabr kunlari Щuchinsk vokzalida beshta avtobus joylashtirilgan.
«Bir avtobusda (Ekaterinburg-Qarag‘anda) 43 kishi – RF fuqarolari, boshqasida 27 kishi – RF fuqarolari, uch avtobusda (Petropavlovsk-Chimkent) esa 120 kishi – O‘zbekiston fuqarolari bor. 141 kishi, jumladan besh nafar bola issiq ovqat bilan ta’minlandi», - deyilgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing