Oxirgi kunlarda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabrda Yaponiyaga rejalashtirilgan tashrifidan AQShda jiddiy norozilik uyg‘otayotgani haqidagi xabarlar, bir necha OAVlar tomonidan tarqatilmoqda.
"G7 mamlakatlari sanksiyalari ostida bo‘lgan Putinga (Yaponiya tomonidan) ko‘rsatilgan iltifot, "buyuk ettilik" bundan buyon tog‘dek mustahkam emasligini bildiradi", — deyilgan edi AQSh hukumati xabarida.
Bunga javoban, Yaponiyaliklar o‘zlariga xos diplomatik mahorat bilan, Rossiya prezidenti imperator Akixito tomonidan qabul qilinmasligini xabar qildi.
"Yaponiya hukumati (AQShning g‘azabini keltirmaslik uchun) prezident Putinni imperator Akixito huzuriga taklif qilmadi, shunday yo‘l bilan ular amerikalik ittifoqdoshlariga ushbu tashrif "qaynoq" emasligini namoyish qilishdi", — deb yozadi Kiodo axborot agentligi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrifi 15-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi uzoq yillardan beri mojaroga sabab bo‘layotgan janubiy Kuril orollarida iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatlar orasidagi viza tartibini osonlashtirish va boshqa masalalar qo‘yilgan.
Yaponiya imperatori — davlat va xalq birligi timsoli bo‘lib, faqat ramziy davlat rahbari hisoblanadi. Yaponiyada davlat tizimi Konstitusion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshqaruvi va barcha muhim qarorlar Bosh vazir va parlament tomonidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»