Majburiy ijro byurosining Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan aliment to‘lamagan P.A. qidiruvga berilgan edi. U Zomin tumanidagi tog‘ hududida yashovchi amakisining uyida yashirinib yurib, ishlab yurgan.
MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida P.A. olingan tezkor ma’lumotlar orqali aniqlandi va byuroning Do‘stlik tumani bo‘limiga topshirildi.
Hozirda P.A.ning jami 30 mln so‘mlik aliment qarzini undirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudida ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar