date

Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi

Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni majburiy buzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida jami 140 ta noqonuniy qurilmlar buzdirilishiga erishilgan.

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2025 yil 5 iyun kungi ijro hujjatiga asosan, Nukus shahri, Boz jer ko‘chasi bo‘yidagi 194 kv.m. yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qurilgan poydevorni (fundament) majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan javobgarga noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzishi lozimligi haqida bir necha marotaba tushuntirish va ogohlantirishlar berilgan.

Shunga qaramasdan, javobgar tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

Shu sababli, ushbu noqonuniy qurilma Byuro xodimlari tomonidan, maxsus texnika vositalari yordamida joriy yilning 21 avgust kuni majburiy tarzda buzdirib tashlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda yana bir noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi