date

Kredit vaqtida to‘lanmagach “JETOUR” auksionga chiqarildi

Kredit vaqtida to‘lanmagach “JETOUR” auksionga chiqarildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 06.03.2025 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor B.Sh.dan “MIKROKREDITBANK” ATB foydasiga jami 456,7 mln. so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni kreditga olingan JETOUR X70 PLUS rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro hujjat Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, kreditga olingan avtomashina bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olingan va elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarib yuborilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit vaqtida to‘lanmagach “JETOUR” auksionga chiqarildi