09:27 / 17.12.2016
9 781

Dunyodagi "eng qimmat" va nodir 6 tanga

Dunyodagi "eng qimmat" va nodir 6 tanga

Nodir tangalarni yig‘ish – numizmatika – hozir butun dunyodagi eng ommabop mashg‘ulotga aylangan. Oddiy kishilar qanday tangalar juda ham qimmat narxda baholanishini bilmasliklari mumkin, biroq professionallar bu borada butun boshli ekspedisiyalar tashkil qilib, tinmay qidirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Tanganing qiymati esa bir necha jihatga bog‘liq – yoshi, tarixiy qiymati, noyobligi va boshqalar. Quyida dunyodagi eng qimmat va kamyob tangalar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Hoshimiylar dinori

Chiqarilgan yili: 1944
Nominal qiymati: 1 dinor
So‘nggi baho: 1 000 000 dollar

Saudiya Arabiston zarbxonasi bu dinorni xalifa Umar bin Abdul Azizning mashhur ziyoratiga bag‘ishlab chiqargan. Bunga qadar u Arabiston yarim orolida chiqarilgan eng qimmat tanga, deya hisoblab kelinardi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida tanga sharafiga butunboshli qishloq nomi ham qo‘yilgan.

Sen-Goden ikki boshli burguti

Chiqarilgan yili: 1907
Nominal qiymati: 20 dollar
So‘nggi baho: 3 000 000 dollar

Ikki boshli burgut dizayni taniqli haykaltarosh Avgust Sen-Goden tomonidan 1907 yilda ishlab chiqilgan. Juda ham murakkab suratni qayta chiqarish ancha mushkul edi: ustalar talabga javob beruvchi atigi 20 nusxani tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Keyinroq loyiha bir necha bor o‘zgartirildi, tanga esa 1933 yil oxiriga qadar chiqarilgan. 1907 yilning ikki nusxasi ayni kunda Smitson muzeyida saqlanadi. O‘sha yilga tegishli yana bir tanga esa kimoshdi savdolarda 3 000 000 dollarga sotilgan.

Kumush dollar

Chiqarilgan yili: 1804
Nominal qiymati: 1 dollar
So‘nggi baho: 4 100 000 dollar

Garchi tanga nomida 1804 yil ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u faqatgina 1830 yilda chiqarilgan. Bu dollar Edmund Roberst tomonidan o‘zining Siamdagi diplomatik missiyasiga olib ketishi lozim bo‘lgan sovg‘a sifatida ishlab chiqarilgan. Keyinchalik zarbxona ularni yanada ko‘paytirishga qaror qildi: 2 va 3-sinfdagi yubiley dollarlar ham taqdim etildi. Eng birinchisi esa yaqin vaqtga qadar Maskat Sultoniga tegishli bo‘lgan. Uni nomi oshkor etilmagan kolleksiyachi 4 milliondan ko‘proq mablag‘ evaziga xarid qildi.

Qirol Edvard III florini

Chiqarilgan yili: 1344
Nominal qiymati: 6 shilling
So‘nggi baho: 6 800 000 dollar

Double Leopard nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu tanga Angliya qiroli Edvard III g‘aznaxonasi tomonidan chiqarilgan. Florin nominal qiymati olti shillingni tashkil etadi. Uni butun Evropa bo‘ylab qabul qilishgan. Tangada taxtda o‘tirgan qirol tasvirlangan bo‘lib, chetlarida qoplon boshlari joylashgan. Florin chiqarilganidan atigi bir necha oy o‘tib muomaladan olinadi. Bu Britaniya numizmatikasidagi eng nodir nusxa sanaladi. Ayni damda dunyoda uchta shunday tanga borligi ma’lum. Ulardan biri xususiy kolleksiyada (nomi oshkor etilmagan insonga 6 800 800 dollarga sotilgan), ikkitasi esa Britaniya muzeyida saqlanadi.

Brasher tangasi

Chiqarilgan yili: 1787
Nominal qiymati: 1 sent
So‘nggi baho: 7 400 000 dollar

Tanga Nyu-Yorkda ishlagan zargar Efraim Brasher tomonidan yaratilgan. Brasher eskirgan dizayn o‘rniga yangisini taklif qilgan, biroq Nyu-York shtati qonun chiqaruvchi majlisi uning appelyasiyasini rad etgan. Brasher ishining atigi bir necha timsollari saqlanib qolgan: burgut ko‘kragida alohida belgiga ega bo‘lgan eng qimmat nusxa 2011 yilgi xayriya auksionida 7,4 million dollarga sotildi.

Yoyilgan sochli Ozodlik

Chiqarilgan yili: 1794
Nominal qiymati: 1 dollar
So‘nggi baho: 10 000 000 dollar

Yoyilgan sochli Ozodlik 1794 yilda zarb etilgan bo‘lib, u Qo‘shma Shtatlar federal hukumati tomonidan berilgan ilk o‘n dollarli tangaga aylandi. Dizayn Robert Skotga tegishli bo‘lib, u o‘shanda ommabop bo‘lgan ispan dollari og‘irligi va hajmidan foydalangan. Tanga mis bilan kumush eritmasidan tayyorlangan. Uning old tomonida Ozodlik haykali tasvirlangan bo‘lsa, orqasida an’anaviy ravishda burgut rasmi tushirilgan. Yoyilgan sochli Ozodlik dunyo numizmatlari tomonidan qadrlanuvchi eng katta tarixiy qiymatga ega bo‘lgan tangadir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi "eng qimmat" va nodir 6 tanga