16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurib xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, viloyat hokimi Muhiddin Turdievich Esonov vazifasidan ozod etib, o‘rniga O‘ktam Barnoyevni tayinlagan edi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning ulushi mamlakatimiz bo‘yicha erishilgan marralardan ancha orqada qolayotgani, qishloq xo‘jaligida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan dasturlar ijrosi etarli darajada ta’minlanmayotgani tanqid qildi.
“Buxoro viloyatida yuksak marralarni egallash biz ko‘zlagan ko‘pgina marralarga erishishda, avvalo, odamlarni ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish, ishlab chiqarish sur’atlarini o‘stirish, butun voha qiyofasini o‘zgartirishda sanoatning rivoji ustuvor o‘rin egallaydi” dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar viloyatdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarurligini ta’kidladi.
“Olot, Qorako‘l, Romitan, Shofirkon tumanlarida terini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish sust holatda, sho‘rlangan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur sharoitlar yaratish, kasanachilik, parrandachilik, hunarmandlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar bugungi talabga javob bermaydi”, deydi Prezident.
Majlisda bunday vazifalarni amalga oshirish uchun har tomonlama chuqur o‘ylangan, Buxoro viloyatining sharoiti va imkoniyatlarini hisobga olgan holda alohida dasturlar ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish zarurligi qayd etildi. Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi