Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.R.dan undiruvchi K.K. foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.R. aliment qarzini to‘lashi lozimligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan, shunga qaramasdan aliment to‘lashdan qochib yashiringanligi uchun qarzdorga nisbatan 24.09.2024 yilda qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida qarzdor M.R. Toshkent viloyatiga chiqib ketayotganligi aniqlanib, yo‘lda ushlangan va byuroning Baliqchi tumaniga olib kelinib, davlat ijrochisiga topshirilgan.
Qarzdor M.R. 40,6 mln so‘m aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi sababli unga nisbatan to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.
Majburiyatdan chetga qochmoqchi bo‘lgan manzilga bora olmadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar