date

Poytaxtning qaysi tumanida ko‘proq YTH qayd etilgani ma’lum qilindi

Poytaxtning qaysi tumanida ko‘proq YTH qayd etilgani ma’lum qilindi

Poytaxtimizda joriy yilning sakkiz oyi davomida yo‘llarda 4,3 mingdan ortiq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda Open Data Tashkent portali orqali ochiq ma’lumotlar taqdim etildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, hodisalar soni bo‘yicha Yunusobod tumani peshqadamlik qildi. Mazkur hududda jami 561 ta holat qayd etilgan. Shu bilan birga, Chilonzor tumani 555 ta yo‘l hodisasi bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Yashnobod tumani 554 ta YTH bilan uchinchi pog‘onada qayd etildi.

Qolgan tumanlarda ham vaziyat yetarlicha jiddiy. Masalan, Mirzo Ulug‘bek tumanida 475 ta, Shayxontohurda 363 ta, Olmazorda 337 ta, Uchtepada 316 ta holat ro‘yxatga olingan. Shuningdek, Sirg‘ali tumanida 288 ta, Mirobodda 269 ta, Bektemirda 217 ta, Yakkasaroyda 210 ta va Yangihayot tumanida 205 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Keltirilgan raqamlar shaharda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tartibni kuchaytirish masalasi qay darajada dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yo‘llarda ehtiyotkorlik va qoidalarga qat’iy amal qilish barcha harakat ishtirokchilari uchun hayotiy ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtning qaysi tumanida ko‘proq YTH qayd etilgani ma’lum qilindi