
Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sirga ega dori vositalarining noqonuniy aylanishi fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir qator dorixona sotuvchilari jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahrida joylashgan “U.F.” oilaviy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi xaridorga 50 dona ampuladagi “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan. Ushbu mahsulot umumiy qiymati 2,4 million so‘mga baholangan. Tezkor tadbir paytida sotuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Dang‘ara tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir operatsiya davomida Buvayda tumanidagi “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “V.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi ham noqonuniy harakatlari uchun qo‘lga olindi. U xaridorga 75 dona ampuladagi “Omnadren 250” dori vositasini vrach retseptisisiz 4,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan fosh etildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, “Omnadren 250” kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qatoriga kiradi va uning nazoratsiz ishlatilishi inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bois bunday dorilar faqat shifokor ko‘rsatmasi va rasmiy retsept asosida sotilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar