Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya muftiylar kengashining oliy mukofoti bo‘lgan birinchi darajali "Al-Faxr" ordeni bilan mukofotlandi. Usmonovga ordenni kengash va Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi raisi Ravil Gaynutdin topshirgan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Usmonov Rossiyadagi yirik saxovatpesha insonlardan hisoblanadi. U sport, madaniy, ilmiy-o‘quv loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda islomning diniy va madaniy merosini saqlab qolishda ko‘mak ko‘rsatadi. Jumladan, tadbirkor Qozondagi Oq masjid, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi va Chita jome’ masjidi qurilishiga mablag‘ ajratgan.
"O‘zingni qalbing bilan hamohanglikda his qilish uchun o‘z diningda bo‘lishing, dindoshlaringga yaqin bo‘lishing kerak. Men musulmonman va musulmon farzandiman – yaqin kishilaring, dindoshlar uchun yaratilayotgan xayrli ish, mening fikrimcha, hayotimizning asosiy mazmuni hisoblanadi", deb Usmonovning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tgan matbuot xizmati.
Usmonov "odamlarga yaxshilik qilib, buning evaziga hech qanday minatdorchilik kutish kerakmas"ligini ta’kidlab o‘tdi.
"Rossiyaning musulmon ummati – jamiyatning davlatimizning birlashishi uchun ko‘mak beradigan, pravoslavlik bilan doimo osuda birga yashaydigan qismidir. Barcha rossiyaliklar qanday dinga mansubligidan qat’i nazar, yagona xalqdir", deb aytgan Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”