Rossiyadagi o‘zbekistonliklar maoshi qaytarildi, pasportlari topshirildi

Rossiyaning Tyumen viloyatida og‘ir ahvolga tushib qolgan bir necha hamyurtlarimizga O‘zbekiston Bosh konsulxonasi yordam ko‘rsatdi.
Diplomatik muassasa xabariga ko‘ra, fuqarolar E.O., I.D. va S.O. korxonada ishlayotgan davri uchun oylik ish haqi berilmayotgani va shu masalada amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.
Kelgusi suhbatlar jarayonida haqiqatdan ham ikki ishchining maoshi to‘lanmagani va ularning fuqarolik pasportlari olib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan muzokaralar samarasida kelishuvga erishildi. Natijada hamyurtlarimizning pasportlari o‘zlariga qaytarildi hamda ikki oylik maoshlari to‘lab berildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…