O‘zbekistonda tabiatga yetkazilgan zarar ko‘lami yana jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida atrof-muhitga umumiy hisobda 46,7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, DXX, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Moliya hamda Ekologiya qo‘mitasi vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tomonidan mamlakat miqyosida 116 ta tekshiruv o‘tkazilgan.
Tadbirlar davomida noqonuniy qum va shag‘al qazib olish (39 ta), daraxtlarni kesish (36 ta), baliq ovlash qoidalarini buzish (15 ta), qurol saqlash va ov qilishda qonunbuzarlik (6 ta), atrof-muhitni ifloslantirish (20 ta) holatlari aniqlangan.
Aynan shu huquqbuzarliklar oqibatida tabiatga qariyb 47 milliard so‘m zarar yetgani ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!