date

Keksalar uchun poyezd va samolyotlarda katta chegirmalar!

Keksalar uchun poyezd va samolyotlarda katta chegirmalar!

Yurtimizda keksalarning dam olish va sayyohlik safarlarini yanada qulaylashtirish maqsadida ular uchun yangi imtiyozlar joriy etildi. Transport vazirligi “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan maxsus chegirmalar e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Uzbekistan Airways” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun iqtisodiy klassdagi chiptalarga 15 foizgacha chegirma taqdim etmoqda. Bu taklif 2025 yil 1 noyabrdan 30 noyabrgacha bo‘lgan ichki parvozlarda amal qiladi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” ham ushbu toifadagi yo‘lovchilar uchun barcha ichki yo‘nalishlardagi poyezdlarda (faqat “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) yo‘l haqining ta’rif qismidan 20 foiz chegirma joriy etdi. Bu imtiyoz har yili 2–8 oktyabr hamda 1–30 noyabr kunlari amal qiladi.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus keksa avlod vakillarining mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

“Endilikda keksalar uchun sayohat qilish nafaqat quvonchli, balki iqtisodiy jihatdan ham manfaatli bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Keksalar uchun poyezd va samolyotlarda katta chegirmalar!