13 369
O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi
Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgani haqida xabar bergan edik.
Rafiqasi bilan Samarqand aeroportiga kelgan oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kutib oldi.
Qirg‘iziston Prezidenti tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. 2006 yilda Islom Karimov tashabbusi bilan ta’mirdan chiqarilgan Xayrati Xizr masjid-majmuasida Qur’on tilovat qilgan Almazbek Atambaev Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan “JV MAN Auto-Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambaevning O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining navbatdagi bosqichlarini o‘z ichiga olgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning kelgusi bosqichlari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
O‘zbekistonga rafiqasi bilan tashrif buyurgan Almazbek Atambaevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Hoshimova bilan Samarqand aeroportida kuzatib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganiddan so‘ng, O‘zbekiston birinchi tashrifni Prezidentlardan Almazbek Atambaev uyushtirdi. Mazkur uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning turmush o‘rtog‘i Ziroat Hoshimova ishtirokidagi ilk oliy darajadagi uchrashuv sifatida tarixda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi