Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qarzdor fuqaro S.M.dan undiruvchi tuman soliq inspeksiyasi foydasiga 58 mln. 756 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi davlat ijrochisi M.Kuzibayevaning ish yurituviga 03.10.2025-yilda kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatida fuqaro S.M. o‘z vaqtida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirib bormagani oqibatida soliq qarz summalari salkam 60 mln. so‘mga yetgan.
Ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli bandlariga asosan 5 kunlik muddatda soliq qarzdorligini to‘lash kerakligi, belgilangan muddatda davlat ijrochisining talablarini bajarmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 06.10.2025-yilda qarzdordan jami 58 mln. 756 ming so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, davlat foydasiga yo‘naltirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!