date

Namanganda erkak xotinini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Namanganda erkak xotinini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

2025 yil 7 oktyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida daxshatli fojea sodir bo‘ldi. Axcha qishlog‘ida yashovchi erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini juda shafqatsiz tarzda o‘ldirgani ma’lum qilindi. Hodisa natijasida 5 va 6 yoshli ikki bola onasiz qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni soat 10:00 da sud qaroriga muvofiq Majburiy ijro byurosi va tegishli beshta idora vakillari ayol — B.M.ni bolalari bilan uyga kiritish jarayonini amalga oshirgan. Tashrif yakunlangach, tashkilot vakillari uydan chiqqan.

Bir necha daqiqa o‘tgach, uyda faqat ayol va uning turmush o‘rtog‘i — R. qolgan. Shu paytda ular orasida og‘ir janjal kelib chiqqan. Erkak farzandlari ko‘z o‘ngida xotinini avval qo‘l bilan urgan, keyin esa bo‘g‘ib o‘ldirgan. Qotil sodir etgan qilmishidan keyin tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu voqeadan bir necha kun oldin — 2 oktyabr kuni ham ayolni uyga kiritish belgilangan edi. Biroq o‘sha kuni uy egalari bo‘lmagani uchun eshiklar qulflangan va ish amalga oshirilmagan. Shunga qaramay, marhumada kalit bo‘lgani sababli u uyga kirgan, ammo mas’ullar uning yolg‘izligini inobatga olib, ishni keyinga qoldirishni taklif etgan. Ayol esa “menda boshqa borishga joy yo‘q” deb, uyga kirishdan voz kechmagan

Avvalroq, u turmush o‘rtog‘i tomonidan tan jarohati olgani haqida 102 raqami orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilgani ham ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda erkak xotinini shafqatsizlarcha o‘ldirdi