date

Jizzaxda 8 yoshli bola onasi bag‘riga qaytarildi

Jizzaxda 8 yoshli bola onasi bag‘riga qaytarildi

Farzand — har bir ota-ona uchun eng aziz ne’mat. Ayniqsa, ona uchun farzandning qimmati beqiyos. Agar ona ruhan sog‘lom, ma’naviy jihatdan to‘g‘ri yo‘lda bo‘lsa, uni o‘z farzandidan ayirish — buni tasavvur qilishning o‘zi qiyin.

Jizzax shahrida ana shunday voqea kuzatildi. Sud qarorlari asosida Davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida 8 yoshli bola onasi bag‘riga qaytarildi. Bu jarayonda qonun ustuvorligi ta’minlandi va farzandning ona bag‘rida tarbiya topishi uchun sharoit yaratildi.

Ha, azizlar! Ayollarimiz oilasi, yaqinlari va farzandi uchun bor kuch-g‘ayratini ayamaydi. Ular o‘z farzandining baxti va kelajagi yo‘lida jon fido qilishga ham tayyor. Turmushda turli vaziyatlar bo‘lishi mumkin — ayol turmush o‘rtog‘isiz qolishi mumkin, lekin farzandini xor bo‘lib qolishidan himoya qilishni har qanday holatda birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 8 yoshli bola onasi bag‘riga qaytarildi