Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2025-yil 29-may kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor E.M.dan undiruvchi Yu.J.ning foydasiga 77,6 mln. so‘m undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Ellikqal’a tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Jumladan, sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilib, unga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkning o‘zgalashtirilishining oldini olish maqsadida mulkga taqiq o‘rnatilgan.
Shuning natijasida, qarzdor tomonidan qarzdorlik joriy yilning 9-oktyabr kuni 6000 AQSH dollari ko‘rinishida to‘lab berilgan.
Shu sababli undiruvchi ushbu ijro ishini tugatib berishni so‘rab, Byuroning Ellikqal’a tuman bo‘limiga murojaat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!