date
views 9 565

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida "Isuzu" yo‘lovchi avtobusi ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus fuqarolardan birining xonadoniga kelib urilgan. Bu haqda Facebook’dagi "Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)" guruhiga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi. Yo‘l-transport hodisasi juma, 23 dekabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni poytaxtda kuchli shamol va qor bo‘roni kuzatilgandi.

Hodisa sabab hech kim jarohat olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi