
Xalqaro olimlar guruhi ibtidoiy odam hisoblangan, bundan 1,2 million yil ilgari yashagan Homo antecessor larning tishkavlagichdan foydalanganini aniqladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Olimlar Ispaniyaning Sima del Elefante g‘oridan topilgan ibtidoiy odamning jag‘ suyagini o‘rganib, yuqoridagi xulosaga kelishdi.
Qaddini tik tutuvchi Homo erectus odamlarning avlodi bo‘lgan Homo antecessor ning pastki jag‘i tadqiqotchilar tomonidan 2007 yilda topilgan. Bu ibtidoiy odamlar hozirgi Ispaniyaning shimolida yashagan. Olimlar jag‘ suyagidagi tish qatlamlarini o‘rganganda, ularning tarkibida kraxmal bo‘lgan o‘t-o‘lanlar va xom go‘sht bilan oziqlangani ma’lum bo‘ldi. Antropologlar shuningdek, tishlar orasidan yog‘och cho‘p topishdi. Bu esa Homo antecessor ning daraxt novdasidan tishkavlagich sifatida foydalanganini isbotladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar